Dasturlash haqida
Dasturlash, Дастурлаш, Программирование, Programming
Dasturlash, Дастурлаш, Программирование, Programming
Ko'pchilik doʻstlarimdan sohamni dasturlashga oʻzgartirsammikin degan fikrlarni eshitaman. Ayniqsa, chet elga chiqqanlarning koʻpchiligi bunday hayolga borgan. Ular uchun bu sohaning baland-pastini sohani oʻzgartirishdan avval bilish faqat foyda keltiradi degan oʻy bilan ushbu maqolani yozishga qaror qildim.
Dasturlash — bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganchalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik "farosatli" emas. Masalan, Ukangiz yoki singlingizga juda oddiy tuyulgan choy damlashni 2 ogʻiz soʻz bilan buyurasiz. Kompyuterga bunday sodda buyruq ketmaydi: choy damlash qanaqa jarayon ekanligini tushuntirishingiz, vazifani bajarish jarayonida qanday detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-chikirigacha tushuntirishingiz kerak. Menimcha, nima demoqchiligimni tushundingiz.
Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli boʻlishi kerak. Rassom yoki haykaltarosh kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilib, ichkilikka berilganini kinolarda yoki hayotda koʻrgan boʻlsangiz kerak. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat koʻp boʻladi:
Juda qoʻrqitib yubormadimmi?)) Endi yaxshi tomonlarini aytsam:
Menimcha, agar ushbu xususiyatlar sizda boʻlsa, siz dasturlash sohasiga oʻtishni eplaysiz:
Endi tasavur qilaylik, bu sizga qiyinday tuyulyapti: osonrogʻi va tezroq pul topish mumkin boʻlgan boshqa shunga oʻxshash kasblar yoʻqmi? Bor, bu haqida keyingi safar.