softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Sayt haqida tushuncha.

Veb saytlar, Веб сайтлар, Веб-сайты, Websites

Sayt haqida tushuncha.

Batafsil o'qish:

Sayt nima — bu internet orqali ma’lumotlarni, xizmatlarni yoki tovarlarni taqdim etish, ulashish, ma’lumot almashish uchun o’rnatilgan, elektron shaklda joylashgan virtual platforma yoki veb-portali. Sayt bu internetda sayohat qilish, ma’lumot olish, xizmatlardan foydalanish, elektron savdo qilish va boshqa faoliyatlar uchun xizmat qiladigan tarmoq, odatda, URL (Uniform Resource Locator) orqali foydalanuvchilarga havola qilinadi. Web sayt so’zi ayni paytda veb-dastur, veb-portfeyl yoki veb-tizimni ifodalaydi.

Web sayt nomlari

Web sayt nomlariga misol keltiriladigan bo’lsa, Facebook.com, Instagram.com, Telegram.me, Yoqubov.Uz, SoftMedia.Uz, ITKurslar.Uz va shunga o’xshash nomlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Sayt yaratish narxi

O’zbekistondan sayt yaratish bepuldan boshlab bir necha yuz ming dollarga boradi. Bepul deganda o’zingiz youtubedan o’rganib ham ochib olishingiz mumkin. Sayt yaratishda narx asosan saytni murakkabligiga qarab belgilanadi. Oddiy saytlar 100-200$ ga ham buyurtma asosida ochish mumkin.

Agar sayt yaratishga buyurtma bermoqchi bo’lsangiz + 99 894 588-56-56 raqamiga murojaat qiling, Sizga sifatli va SEO optimizatsiya bilan birga sayt yaratib beramiz.

Sayt orqali pul ishlash

Sayt orqali pul ishlashni turli xil usullari mavjud. Keng qo’llaniladigan usullardan bir reklama orqali pul ishlash desak bo’ladi. Sizlarga eng ommaboplarini keltirib o’taman.

  • Reklama orqali
  • PR maqola joylash orqali
  • Sayt sotish orqali
  • Blog yurutish va referal tizim orqali
  • Mahsulot sotish orqali
  • Xizmat sotish orqali

Tanishuv saytlar

Tanishuv saytlariga bir nechta saytlarni misol qilib keltirsak bo’ladi, misol uchun, instagram, odnoklassniki, Facebook va shunga o’xshash saytlarni keltirsak bo’ladi.

Web sayt yaratish

Web sayt yaratish bugungi kunda juda oson desak ham bo’ladi, misol uchun xar xil konstruktorlar orqali sayt ochish juda osonlashgan. DLE yoki WordPress orqali ham juda tez va oson ochish mumkin, DLE yoki wordpress orqali ochishni o’rganish uchun youtubedan foydalanishni tavsiya qilaman, o’rganib olish qiyin emas. Tilda va Wix orqali ham oson ochish mumkin bo’ladi, bularda hosting olish shart emas, oylik obuna to’laysiz bo’ldi saytingiz onlayn bo’ladi. A wordpress orqali ochishda hosting olish kerak bo’ladi, bu ham ishni sal qiyinlashtirishi mumkin.

Birinchi web sayt nomi

Dunyodagi birinchi web sayt 1990 yil 20 dekabr kuni ishga tushirilgan va buni Bernars-Lini birinchi veb-sahifani ishga tushirgan. Birinchi web saytni nomini ko’pchilik bilmasa kerak, keling hozir birga bilib olamiz. Bernars-Lining birinchi veb-saytdagi sahifasi info.cern.ch manzili bo‘yicha joylashgan (u hamon amal qilmoqda).

Internetda pul ishlash

Internet orqali pul ishlash mumkinligini yaqin yaqingacha odamlar uchun kulguli hisoblanar edi, sababi odamlar internetdan ko’p foydalanishmagani uchun ilojsiz narsa deb o’ylashardi, hozir internetsiz hayotimizni tasavur qilolmaymiz, Internetdan qancha odam ko’p foydalansa shuncha pul ishlash imkoniyati oshib boradi.

Odam bor joyda ish bor, ish bor joyda pul topish mumkin bo’ladi. Internet orqali odamlarni ishini hal qilib berib pul ishlash mumkin, kimdir tovar sotib pul ishlaydi, kimdirlar web sayt ochib berishadi, kopiraytinglik qilib matnlar yozib berishadi, internet orqali turli xil xizmatlar ko’rsatishadi va daromad qilishadi. Yuqoriroqda sayt orqali pul ishlash mumkinligi va qanday usullari borligi haqida ma’lumot berib o’tganman.

Internetda pul ishlashni turlari ko’p keyingi maqolalarda chuqurroq kirishga va xar bir turlari bo’yicha to’liq ma’lumot berishga harakat qilaman.

Foizsiz pul o’tkazmalari

Ko’pchilik hozir internetdan faol foydalanayotganligi uchun kartadan kartaga pul o’tkazmalariga talab oshib bormoqda, bilasiz kartadan kartaga pul o’tkazmalari bepul emas, lekin ayrim ilovalar orqali ma’lum bir so’mmagacha oyiga bepulga mablag’ni boshqa karta raqamga pul o’tqazish mumkin.

Keling shu ilovalar haqida ma’lumot beri o’taman.

  • Alif ilovasi
  • Paynet ilovasi
  • Davrbank ilovasi
  • Xazna ilovasi
  • Beepul ilovasi
  • Mavrid ilovasi
  • va boshqa ilovalar orqali ham ma’lum bir so’mmagacha pullarni komissiyasiz boshqa raqamga o’tqazish mumkin.

Tepadagi ilovalardan foydalanishdan oldin tekshirib ko’rishni tavsiya qilaman, sababi man bu ma’lumotni bergan vaqt bilan Siz o’qigan vaqtda ancha vaqt o’tgan bo’lishi va ilova shartlari o’zgargan bo’lishi mumkin.

Pasportga pul olish

Hozir hammaga pul kerak, kimdandir qarzga pul olish uchun u inson sizga ishonmasa pul bermaydi, Hozir hech kim pul bermaydi agar ishonchli odam bo’lmasangiz, Ishonchli odam bo’lish esa oson ish emas, ayniqsa pul zarur bo’lib turganda, ishonch tariqasida ko’pchilik pasport evaziga pul olish haqida o’ylashadi va shunday qarzga pul beruvchilar nomerini internet orqali izlashadi yoki tanishlaridan so’rab ko’rishadi. Bir xillar foizga pul olish haqida o’ylashadi, albatta bu to’g’ri yo’l emas va maslahat bermaymiz.

Qarzga pul olishni xohlasangiz eng birinchi yaqin insonlaringizdan so’rab ko’rishni to’g’ri yo’l deb ayta olamiz va tavsiya qilamiz.