softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kecha kunduz kuni 4 ballik magnit bo‘roni ro‘y berdi

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Kecha kunduz kuni 4 ballik magnit bo‘roni ro‘y berdi

Batafsil o'qish:

Kecha kunduz kuni ham magnit bo‘roni, ham tabiatda haroratning bahoriy biroz ko‘tarilishi bilan bog‘liq ta’sirlar ba’zi kishilarda bosh og‘riq va lanjlikni keltirib chiqargan. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Kecha kunduz kuni soat 14.00 va 17.00 orasida kuchli bo‘lmagan, ammo ba’zi kishilarga seziladigan 4 ballik magnit bo‘roni ro‘y bergan. Orada uch soatlik xavfsiz tanaffusdan so‘ng tunda yana 4 ballik magnit bo‘roni ta’siri kuzatilgan.

Mazkur omil bilan birgalikda kecha kunduz kuni haroratning bahoriy ko‘tarilishi ham kishilar organizmiga ta’sir qilgan. Nam havo oqimlarining kirib kelishidan oldin "bir isib berish" omili, masalan kecha tushda pastdan yuqoriga ko‘tarma harakat sabab havoda mayda zarrachalarni yer sirtidan ko‘tarib, havo sifatini bir muncha ifloslanishiga olib keldi (https://t.me/gidrometeo_info/2012?single).

Mazkur ta’sir ob-havoga moyil kishilar organizmi qon aylanish tizim, miya faoliyatida ham biroz o‘zgartirishlarni beradi. Tana harorati va tashqi muhit o‘rtasida issiqlik almashinuvi bilan bog‘liq konveksiya jarayoni ham shu kabi muhitda ro‘y beradi.




Manba: www.aniq.uz