softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi

Batafsil o'qish:

Istiqbolli qiruvchi samolyot yaratish ustida ishlar 10 yildan ortiq davom etdi. Umuman, Turkiya Amerika samolyotlarini almashtirishni rejalashtirayotgani haqidagi mish-mishlar 2010 yillarning boshida paydo bo‘lgan edi. Ushbu yo‘nalishda ilk ishlanmalar 2015 yilda taqdim etilgan. 2021 yilga kelib, samolyotning birinchi nusxasi ishlab chiqarildi va u milliy qiruvchi samolyotlarning keyingi rivojlanishi va tartibini belgilab berdi.

Qayd etilishicha, “KAAN” deb nom berilgan samolyotning dastlabki versiyalarida “General Electric F110-GE-129” dvigatellari o‘rnatiladi, ular “F-15” samolyotlari dvigatellarining dastlabki modifikasiyalari bo‘lib, 1992 yildan beri foydalanib kelinmoqda. Biroq, “TAEC” (Turkish Air Engine Company) “KAAN” uchun o‘z dvigatellarini ishlab chiqmoqda.

“KAAN” xorijiy turdoshlari singari, radar diapazonida ko‘rishni qisqartirish texnologiyalari, jumladan, radarni yutuvchi ekranlar va korpus hamda dvigatellarning maxsus shakli bilan jihozlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi mashinaning narxi 100 million dollardan oshadi.






Manba: www.aniq.uz