softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh kompaniyasi Oyda geliy-3 qazib oladi

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

AQSh kompaniyasi Oyda geliy-3 qazib oladi

Batafsil o'qish:

2022 yilda asos solingan, yaqinda qo‘shimcha 15 million dollar sarmoya to‘plagan AQShning Interlune kompaniyasi Oyda geliy-3 qazib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ArsTechnica nashri xabar berdi.

Kompaniya 2026 yilda Oy yuzasiga regolit namunalarini olib, so‘ngra ulardan geliy-3 ni ajratib olishga harakat qiladigan ko‘rgazmali transport vositasini yetkazishni rejalashtirmoqda. 2028 yilda Interlune Yerning tabiiy yo‘ldoshida birinchi resurs qazib olish zavodini qurish niyatida. 2030 yilda kompaniya geliy-3 ni Yerga yetkazishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Nashrning yozishicha, Oy yuzasining yuqori qatlamlarida million tonnaga yaqin geliy-3 bor, bu resursning bir grammini ishlab chiqarish esa, ehtimol, yuzlab tonna regolitni qayta ishlashni talab qiladi. Bir litr geliy-3 minglab dollarga baholanadi, izotop o‘ta o‘tkazuvchan kvant kompyuterlarida, tibbiy tadqiqotlarda va termoyadroviy reaktorlarda qo‘llanilishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.






Manba: www.aniq.uz