Harorat va tashqi ta’sirlarni sezishga yordam beruvchi protez ishlab chiqildi
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, bu protez nafaqat foydali funksiyalarni bajaradi, balki atrof-muhit bilan tabiiyroq munosabatda bo‘lish imkonini berib, amputasiyaga uchragan odamlarning hayot sifatini yaxshilaydi.
Muhandislar harorat va tashqi ta’sirlarni sezuvchan protez ishlab chiqishdi.
Bu kichik sensor yordamida amalga oshirildi. O‘zgarishlarni bevosita bemorning markaziy asab tizimiga uzatadi.
Birinchi bo‘lib yangi qurilmaga ega bo‘lgan italiyalik 57 yoshli Fabrisio uning haroratni aniqlash xususiyatini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazdi.
U jismlarning haroratini aniqlay oldi va har xil haroratdagi metall kublar bilan bog‘liq vazifalarni protez yordamida tezroq bajara oldi.
Ko‘zi bog‘langan holda o‘tkazilgan qo‘shimcha sinovlarda u oddiygina teginish orqali odamning qo‘lini va protez qo‘lni farqlay oldi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Manba: www.aniq.uz