Odam terisini husnbuzardan himoya qilish usuli ishlab chiqildi
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
Evropalik tadqiqotchilar odam terisini soch follikulalarining yallig‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan husnbuzar va boshqa teri toshmalar paydo bo‘lishidan himoya qiluvchi mikroblarning yangi shtammini hosil qilishdi.
Bu haqda Barselonadagi Pompeu Fabra nomidagi Ispaniya universiteti matbuot xizmati xabar berdi.
Terapiya Cutibacterium acnes turidagi bakteriyalarga asoslangan. Ushbu mikroblar odam follikulalarida mavjud bo‘lib, ular teri hujayralarining yog‘i bilan oziqlanadi.
Evropa molekulyar biologlari bu mikroblarni husnbuzar va toshmalar rivojlanishining oldini olishga yordam beradigan vositaga aylantirish mumkinligini aniqlashdi. Buning uchun Cutibacterium acnes genomini shunday modifikasiya qilish kerakki, bu mikroblar NGAL oqsilini ishlab chiqaradi, bu esa yog‘ bezlarining faolligini pasaytiradi. Natijada, soch follikulalari ichidagi boshqa mikroblarning ko‘payishi sezilarli darajada sekinlashadi, bu yallig‘lanishning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Olimlar ushbu mikroblarning ishini laboratoriya sichqonlarida ham, odam terisi va uning hujayralarida ham muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Barcha holatlarda mikroblar teriga muvaffaqiyatli ildiz otib, yog‘ bezlarining faoliyatini kamaytiradigan NGAL oqsilini ishlab chiqardi. Yaqin kelajakda tadqiqotchilar uni ko‘ngillilarga sinab ko‘rmoqchi hamda dermatit va surunkali teri kasalliklarini davolay oladigan mazkur mikrobning yangi shtammini ishlab chiqmoqchi, deb xabar beradi tass.ru.
Manba: www.aniq.uz