Neyrotarmoq Alsgeymer kasalligini bashorat qilishni o‘rgandi
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari Alsgeymer kasalligining boshlanishini bashorat qila oladigan neyrotarmoqni ishlab chiqdi.
Sun’iy intellekt kasallikni uning klinik belgilari paydo bo‘lishidan yetti yil oldin bashorat qila oladi.
Neyrotarmoq universitet tibbiyot markazidagi elektron tibbiy yozuvlarning keng ma’lumotlar bazalarida o‘qitildi. Natijada 72 foiz holatlarda Alsgeymer kasalligining boshlanishini aniq bashorat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Shu bilan birga, Sun’iy intellekt xolesterin darajasi, gipertoniya va D vitamini tanqisligi kabi ko‘rsatkichlarga tayangan.
Alsgeymer kasalligi demensiyaning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Kasallik ko‘pincha 65 yoshdan oshgan keksa odamlarga ta’sir qiladi. Bunda progressiv xotira yo‘qolishi, kognitiv qobiliyatning pasayishi va turli nevrologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Kasallikni erta aniqlash orqali uning oqibatlarini yengillashtirish mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.
Manba: www.aniq.uz