softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Qariyb to‘rt soatlik dasturni olib borgan «didjyey» haqiqiy inson tashqi ko‘rinishi va ovozi asosida generatsiya qilingan.

Foto: Getty images

Avstraliyaning CADA radiostansiyasi qariyb yarim yil davomida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan «didjyey» boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi The Verge.

Workdays with Thy nomini olgan dastur to‘rt soatga yaqin davom etadi, efirda hip-hop, R&B va pop uslubidagi musiqalar yangraydi. Thy sun’iy intellekt didjyeyi haqiqiy odam — kompaniyaning moliyaviy bo‘limi xodimasining ovozi va tashqi ko‘rinishi asosida generatsiya qilingan. «Didjyey» ovozi ElevenLabs dasturiy ta’minoti qo‘llangan holda yaratilgan.

Workdays with Thy dasturi 2024 yil noyabrdan beri efirga ketadi va uni kamida 72 ming kishi tinglaydi. Ta’kidlanishicha, radiostansiya o‘z tinglovchilarini dasturni sun’iy intellekt generatsiya qilgan boshlovchi olib borayotgani haqida xabardor qilmagan.

Maqolada keltirilishicha, ish jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish tajribasini oldinroq Portlenddagi radiostansiya sinab ko‘rgan. Bundan tashqari, Polshaning OFF Radio Krakow radiostansiyasi ham jurnalistlarni qisqartirib, sun’iy intellekt boshlovchidan foydalanishga o‘tgan.

Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq xatarlardan ogohlantirgan edi. Uning aytishicha, sun’iy intellekt imkoniyatlari juda notekis taqsimlangan. Ko‘plab mamlakatlar SI instrumentlaridan foydalanishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda.