softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Disney «Yulduzlar jangi» filmidagi droidning o‘xshashini taqdim qildi

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Disney «Yulduzlar jangi» filmidagi droidning o‘xshashini taqdim qildi

Batafsil o'qish:

Droid musiqa tinglash uchun Bluetooth dinamiklari, kameralar va datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, o‘z egasini tanishi va ortidan 10 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin.

Foto: Lucasfilm

Mashhur fantastik epopeya «Yulduzlar jangi» filmi kunini nishonlash uchun Disney kompaniyasi mashhur R2-D2 droididan ilhomlanib, cheklangan sonli G1T4-M1N1 robotini taqdim etdi.

Gizmodo ma’lumotlariga ko‘ra, Piaggio Fast Forward studiyasida yaratilgan yangi droid 2875 dollar turadi.

G1T4-M1N1 droidi musiqa tinglash uchun Bluetooth dinamiklari, kameralar va datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, o‘z egasini tanishi va ortidan 10 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin. Shuningdek, 9 kg yukni tashish imkoniyatiga ega. Batareya quvvati 7 soat uzluksiz ishlash uchun mo‘ljallangan.

Droid iOS va Android ilovalari orqali boshqarilishi mumkin va «ishonchli hamroh» bo‘lishi va’da qilinmoqda. Foydalanuvchilar unga nom berishi va xatti-harakatlarini sozlashi mumkin.

Droid Nyu-York shahridagi Tayms-skverda 6 mayga qadar namoyish etiladi va hozirdan onlayn buyurtma berish mumkin.