Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
Kompaniya shuningdek, birinchi buklanadigan iPhone va boshqa bir qator innovatsion mahsulotlarni taqdim etishi mumkin.
Foto: AP
Apple 2027 yilda, birinchi iPhone chiqishining 20 yilligi munosabati bilan o‘z qurilmalarini katta yangilashga tayyorlanmoqda. Bu haqda insayder Mark Gurman xabar berdi. Ana shunday qurilmalardan biri «bukilgan korpusli, deyarli butunlay shisha iPhone» bo‘ladi.
Qurilma haqiqiy ramkasiz gadjetga aylanadi. Bu, ehtimol, Apple kompaniyasining 2019 yilgi patentlariga asoslangan dizayn bo‘lib, unda telefon atrofida «uzluksiz halqa hosil qiluvchi» yagona shishadan yasalgan korpus tasvirlangan.
Ilgari Apple 2027 yilda ekran ostidagi kamerali iPhone chiqarishni rejalashtirayotgani haqida The Information xabar bergan edi. Bundan tashqari, The Elec xabariga ko‘ra, Apple ramkasiz displey ustida ishlamoqda, biroq Samsung yoki Vivo kompaniyalarining egri-qirrali texnologiyasidan voz kechmoqda.
Yubiley smartfonidan tashqari Apple boshqa qurilmalarni ham taqdim qilishi mumkin: birinchi buklama iPhone modeli, kameralar, mikrofonlar va dinamiklar bilan jihozlangan aqlli ko‘zoynaklar, shuningdek, AirPods quloqchinlari va kamerali Apple Watch – u faqat tibbiy maqsadlarda va vizual SI imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallanadi.
Eng ulug‘vor loyihalardan biri qo‘l va SI yordamchisiga ega ish stoli roboti bo‘lishi mumkin. 2027 yilga borib Apple shuningdek, katta til modeliga asoslangan takomillashtirilgan Siri ovozli yordamchisini taqdim etishni va sun’iy intellekt uchun o‘zining server chiplarini yaratishni reja qilmoqda.
Agar kompaniyaning rejalari amalga oshsa, 2027 yil shunchaki yubiley emas, balki Apple ekotizimining rivojlanishidagi haqiqiy bosqich bo‘lishi mumkin.