softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

Batafsil o'qish:

Ma’lumotlar sekundiga 127,5 ming Gb tezlikda 1808 kilometr masofaga uzatildi.

Tadqiqotchilar ma’lumotlarni sekundiga 1,02 petabayt (127,5 ming Gb) tezlikda 1808 kilometr masofaga uzatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu 19 ta mustaqil yadroli tolaning ishlab chiqarilishi tufayli mumkin bo‘ldi, deb yozdi Nict.news.

«Yangi texnologiyada 19 ta mustaqil yadroli optik kabeldan foydalanildi, ularning har biri parallel ravishda ma’lumotlarni uzatdi. Qalinligi bor-yo‘g‘i 0,125 mm (standart tola kabi) bu kabel 19 tolali ma’lumot yo‘li bilan taqqoslanadigan o‘tkazuvchanlikni ta’minlaydi», deyiladi xabarda.

Asosiy yutuq uzoq masofalarda signal susayishi muammosini hal qilish edi. Tadqiqotchilar bir vaqtning o‘zida ikkita yorug‘lik diapazonida (C va L) barcha 19 yadro uchun o‘zaro xalaqitsiz ishlaydigan kuchaytirish tizimini yaratdilar.

Olimlarning ta’kidlashicha, texnologiya ayniqsa sun’iy intellekt va 6G aloqasi rivojlanishi sharoitida dolzarbdir. Zamonaviy tarmoqlar o‘sib borayotgan ma’lumotlar trafigiga bardosh bera olmaydi - prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib, ma’lumotlarni uzatishga bo‘lgan ehtiyoj 100-1000 barobar ortadi.

Xabarga ko‘ra, ushbu tolalar mavjud infratuzilmadan sezilarli o‘zgarishlarsiz foydalanish imkonini beradi. Biroq hozircha bu laboratoriya sharoitida ishlaydi va texnologiya qachon oddiy foydalanuvchilarga yetib borishi noma’lum.