softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot

Batafsil o'qish:

Olimlar yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan 889 nafar bemor ustida tadqiqot o‘tkazgan. Ta’kidlanishicha, ba’zi hollarda jismoniy faollik dorilardan ham yaxshiroq samara beradi.

Foto: Getty Images

Doimiy jismoniy mashqlar saraton kasalligini qayta rivojlanish xavfi va yangi o‘simtalar paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Amerika klinik onkologiya jamiyatining (ASCO) yillik konferensiyasida taqdim etilgan tadqiqot natijalariga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Shifokorlar anchadan beri faol turmush tarzini tavsiya qilib kelishsada, bu tavsiyaning saraton bilan kasallangan bemorlar uchun aniq foydasini tasdiqlovchi ilmiy dalillar yetarli emas edi. Yangi tadqiqot esa ushbu bo‘shliqni qisman to‘ldirdi.

Tadqiqotda yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan 889 nafar bemor ishtirok etgan, ulardan 90 foizida kasallik uchinchi bosqichda bo‘lgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Avstraliya va Isroilda yashovchi ishtirokchilar tasodifiy tarzda ikki guruhga bo‘lingan.

Birinchi guruh faqatgina axborot materiallarini olgan. Ikkinchi guruh esa murabbiy bilan oyiga ikki marta, keyin esa oyiga bir marta shug‘ullangan. Jismoniy faollik haftasiga uch-to‘rt marta 45–60 daqiqalik sayr qilishni o‘z ichiga olgan, bemorlar yurishdan tortib chang‘i uchishgacha bo‘lgan yuklamani o‘zlari tanlagan.

Besh yil o‘tgach, faol guruhda saraton qaytalanishi yoki yangi o‘simta paydo bo‘lish xavfi nazorat guruhiga qaraganda 28 foiz kamroq bo‘lgan. Sakkiz yildan so‘ng esa o‘lim darajasi 37 foizga pasaygan.

Angliya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati rahbari Stiven Pouisning so‘zlariga ko‘ra, jismoniy mashqlar vaznni nazorat qilishga, immun tizimini mustahkamlashga, yallig‘lanishni kamaytirishga va umumiy holatni yaxshilashga yordam beradi. ASCO tibbiy maslahatchisi Julia Grelou esa bu safar jismoniy faollikning foydasi birinchi marta ishonchli ilmiy dalillar bilan tasdiqlanganini qo‘shimcha qildi — ba’zi hollarda u dorilardan ham yaxshiroq samara beradi va hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.