Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news
Bu o‘n minglab ish o‘rinlari qisqartirilayotgan sharoitda ularning ishini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Foto: Getty Images
Angliya va Uelsdagi barcha davlat xizmatchilari — 400 mingdan ortiq odam ish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanishga o‘qitiladi. Bu haqda The Guardian o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xizmatchilari bunday o‘quv jarayonlari haqida 9 iyun kuni xabarnomalarni oladi. Bu har yili davlat xizmatchilarini turli zamonaviy texnologiyalarga o‘qitishga qaratilgan One Big Thing loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, o‘quv jarayonlari davlat xizmatchilari samaradorligini oshirishga va turli hukumat muassasalarida o‘n minglab ish o‘rinlari qisqartirilayotgan sharoitda ularning ishini tezlashtirishga xizmat qiladi. Britaniya hukumati oldinroq davlat xizmatchilari o‘z ishlarini tezroq va samaraliroq bajarishlari uchun sun’iy intellektdan faolroq foydalanishlari kerakligini ma’lum qilgandi.
Bundan oldin davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt vositalari to‘plamining pilot versiyasi — Humphrey taqdim etilgan edi. TechXplore nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati, shuningdek, Google, Microsoft va Amazon kabi texnologik korporatsiyalar bilan hamkorlik qilib, davlat xizmatchilarini ish jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishga o‘rgatmoqchi.