softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xitoy keksalarga yordam beradigan robotlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

Fan va IT yangiliklari, Фан ва ИТ янгиликлари, Новости науки и информационных технологий, Science and IT news

Xitoy keksalarga yordam beradigan robotlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

Batafsil o'qish:

Ushbu dastur XXRdagi demografik o‘zgarishlar fonida ishga tushirilmoqda. Mamlakatda keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan mehnat resurslari yetishmayapti.

Foto: Xinhua

Xitoy hukumati keksalarni parvarish qilish tizimiga robotlashtirilgan yechimlarni joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda mamlakat Sanoat va axborot hamda Fuqarolik ma’muriyati vazirliklariga tayanib, South China Morning Post xabar berdi.

Asosiy vazifa — texnologiya qanday qilib keksalarni parvarishlashni yengillashtirishi, oilaga yuklamani kamaytirishi, xodimlar yetishmasligini qoplashi va parvarishlash infratuzilmasini rivojlantirishga yordam berishini aniqlashdan iborat. Hujjatda qayd etilishicha, gap uchta yo‘nalish — uyda, jamoada va ixtisoslashtirilgan muassasalarda yordam ko‘rsatish haqida ketmoqda.

Dastur nogironligi bo‘lgan insonlarga yordam ko‘rsatishni, hissiy qo‘llab-quvvatlashni, «aqlli» turmush tarzini tashkil etishni va kundalik ishlarda ko‘maklashishni nazarda tutadi. Shuningdek, kognitiv buzilishlarga ega shaxslar bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, loyiha bilan allaqachon uy sharoitida foydalaniladigan humanoid robotlar ishlab chiqarayotgan Xitoy kompaniyalari qiziqa boshlagan. Ishtirok etish shartlariga ko‘ra, kamida 200 ta qurilmani 200 ta xonadonda sinovdan o‘tkazish yoki 20 ta yechimni 20 ta muassasa yoki jamoaga o‘rnatish talab etiladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar ushbu sohada standartlar va baholash tizimlarini yaratish ustida ish olib boradi.

Dastur Xitoydagi demografik o‘zgarishlar fonida ishga tushirilmoqda: mamlakat aholisi tez sur’atlarda qarimoqda, keksa yoshdagilarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan mehnat resurslari esa yetishmayapti. O‘tgan yil oxirida Xitoyda istiqomat qilayotgan 60 yoshdan oshganlar soni 300 milliondan ziyodni tashkil etgan. Prognozlarga ko‘ra, 2035 yilga kelib bu raqam 400 milliondan oshishi mumkin.