softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

Batafsil o'qish:

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni xabar qildi.

Bu o‘zgarish ishchan va jozibador muhit yaratish uchun qilinayotgani ta’kidlangan.

«Lekin qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga chora ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi», – dedi prezident.

«Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan „g‘alvirni suvdan ko‘tarib“, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman», – dedi davlat rahbari ma’ruzasi yakunida.

Avvalroq O‘zbekistonda 1 iyuldan pensiya, nafaqalar, 1 avgustdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshirilishi xabar qilingandi.