Malayziya O‘zbekistonda "aqlli" fermer xo‘jaliklari yechimlariga sarmoya kiritadi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Malaysian Resources Corporation Berhad (MRCB) kompaniyasi boshqaruv direktori Imran Salim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuvda O‘zbekistonda transport infratuzilmasi, turar joy va biznes obektlarini qurish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va davlat-xususiy sherikchilik dasturlarida qatnashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Imran Salimning aytishicha, MRCB Malayziyaning yetakchi qurilish va ko‘chmas mulkni rivojlantirish kompaniyalaridan biri sifatida davlat-xususiy sherikchilik asosida mamlakatda ko‘plab transport infratuzilmasi, turar joy va biznes obektlarini qurib kelmoqda.
Malayziya tomoni O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish va suv ta’minoti infratuzilmasini yangilashga bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, temiryo‘l liniyalari va infratuzilmasini modernizatsiya etish, qishloq xo‘jaligi sohasida mahsuldorlikni oshirish va "aqlli" fermer xo‘jaliklari yechimlari, qayta tiklanadigan energiya, jumladan chiqindilarni energiyaga aylantirish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish kabi loyihalarda qatnashish va sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, Malayziyada ko‘plab davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini amalga oshirishda orttirilgan tajribaga asoslanib, mamlakatimizdagi davlat-xususiy sherikchilik dasturlarida ishtirok etish istagi bildirildi.