Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Raqobat qo‘mitasi ishlab chiqqan qaror loyihasi bilan, sotuvchilarning narxlarni sun’iy oshirib, keyin go‘yoki arzonlashtirilgan narx deya chegirma berish orqali iste’molchilarni chalg‘itishini taqiqlash taklif etilmoqda. Sotuvchilarga aksiya va chegirma haqidagi batafsil ma’lumotlarni 10 kun oldin soliq organiga taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin.
Foto: iStock
O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi chakana savdo qoidalariga aksiyalar va chegirmalar haqida normalar kiritishni taklif qilmoqda. Qo‘mita tegishli qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, sotuvchi chegirma taklif etganda, tovarning avvalgi narxini ham ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Chegirmada ko‘rsatilgan avvalgi narx chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narx bo‘lishi lozim. Sotuvchiga buni isbotlash majburiyatini yuklash taklif etilmoqda.
Narxnomada tovarning aksiyadagi narxi odatiy narx yozilgan shriftga qaraganda kattaroq bo‘lishi mumkin emas.
Sotuvchi sun’iy ravishda narxlarni oshirib, keyinchalik arzonlashtirilgan narxlarni chegirma sifatida ko‘rsatish orqali iste’molchilarni chalg‘itishi taqiqlanadi.
O‘tkaziladigan aksiya va chegirmalar hamda ustamalar yuzasidan batafsil axborot, ushbu tadbirlar o‘tkazilishidan 10 kun oldin soliq xizmati organlariga taqdim etilishi shart, deb belgilanishi mumkin.
Sotuvchi o‘z tovarlariga nisbatan chegirmalarni e’lon qilishda tovarlar va narxlar hisobini yuritishga, tovarning oxirgi 30 kunda amalda bo‘lgan narxlarini qayd etish hamda iste’molchining talabiga ko‘ra, mazkur ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, degan qoida taklif etilmoqda.
Aksiya o‘tkazmoqchi bo‘lgan sotuvchilarga quyidagi talablar qo‘yilishi mumkin:
Bundan tashqari:
Aksiya va chegirmalar qo‘llagan holda chakana savdo qilish bo‘yicha talablarning buzilishi sotuvchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishini belgilash ko‘zda tutilyapti.
Jamoatchilik muhokamasi 5 iyulgacha davom etadi.
Hujjat loyihasi qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.