Xorazm viloyati tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Xorazm viloyati tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to‘lovidan ozod qilinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.
Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarini 50 foizi Eksport jamg‘armasidan qoplab beriladi.
Manba: www.aniq.uz