softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Suvaysh kanali orqali yuk tashish hajmi 55 foizga kamaydi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Suvaysh kanali orqali yuk tashish hajmi 55 foizga kamaydi

Batafsil o'qish:

13 fevral holatiga ko‘ra, Yamandagi husiy isyonchilarning kemalarga hujumi tufayli Suvaysh kanali orqali yuk tashish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55 foizga kamaydi.

Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rasmiy vakili Juli Kozak jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

Undan Qizil dengizdagi kemalarga husiylar hujumlarining ta’siri haqida izoh berish so‘ralgan. Kozakning aytishicha, 13 fevral holatiga ko‘ra, Suvaysh kanali orqali yuk tashish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55 foizga kamaydi.

G‘azo sektoridagi mojaro avj olgandan so‘ng, “Ansor Alloh” Falastin anklavida operasiya to‘xtamaguncha Isroil hududiga hujumlar uyushtirishi va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligi haqida ogohlantirdi. O‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab tinch aholi kemalariga hujum qilgan.

“Ansor Alloh”ning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari xalqaro koalisiya tuzib, Qizil dengizda navigasiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish maqsadida Prosperity Guardian operasiyasini boshladi. 12 yanvar kuni Buyuk Britaniya va AQSh qurolli kuchlari samolyotlar, kemalar va suv osti kemalari yordamida Yamanning qator shaharlarida husiylar nishonlariga ilk zarbalarni berdi, deb xabar beradi report.az.


Manba: www.aniq.uz