Bangladesh energetika sohasiga Xitoy sarmoyasini jalb qilishga umid qilmoqda
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Bangladesh Xalq Respublikasi yaqin besh yilda energetika sohasini rivojlantirish uchun 30 milliard dollar jalb etish maqsadida Xitoyning ushbu sohadagi ishtirokini oshirishdan manfaatdor.
Bu haqda Bangladesh energetika va mineral resurslar davlat vaziri Nasrul Hamid Xitoyning mazkur mamlakatdagi elchisi bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga bergan bayonotida ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .
«Biz Xitoyning katta rol o‘ynashini kutmoqdamiz. Bangladeshning elektr energetika sohasi kelasi besh yil ichida 30 milliard dollar sarmoyaga muhtoj», — deya vazirning so‘zlarini keltiradi Daily Star.
Manba: www.aniq.uz