Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi O‘zbekistonga 100 million dollar ajratadi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Bitim Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.
Mablag‘ 24 oygacha bo‘lgan muddatga qulay shartlarda ikki transhda ajratiladi. Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston aholisining ehtiyojlarini qondirish, mamlakat agrar sektorining barqarorligi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.
Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot bankining asosiy instituti bo‘lib, uning vazifasi Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy o‘sish va savdoni rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat.
Manba: www.aniq.uz