Shveysariya Senati Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishni yoqlab ovoz berdi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Shveysariya Senati Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishni yoqlab ovoz berdi.
Shveysariya Kantonlar kengashi Rossiya bankining muzlatilgan aktivlaridan Ukraina ehtiyojlari uchun foydalanish g‘oyasini ma’qulladi. Endilikda Shveysariya hukumati Kiyevga yordam berish uchun mazkur rus aktivlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro huquqiy bazani yaratish ustida ish boshlashi mumkin. Hukumat bunday qadam tashlashga qaror qiladimi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.
Shveysariya banklaridagi Rossiyaga tegishli muzlatilgan aktivlarning qiymati 8 milliard dollardan oshadi.
Manba: www.aniq.uz