Surxondaryoda yerto‘lada yashab yurgan odam topildi. U...
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Surxondaryo viloyati Angor tumanida uch nafar farzandi uchun aliment to‘lashni istamagan erkak 2 yil avval qidiruvga berilgan bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u 2 yil davomida uyining yerto‘lasida yashab yurgan bo‘lgan.
MIB xodimlari uning oila a’zolaridan uni qayerdaligini aytishlarini so‘rashgan, biroq bundan naf bo‘lmagan. Shundan so‘ng MIB xodimlari uning xonadonidagi qoramolni xatlovga olgan va o‘sha paytda mo‘jiza ro‘y bergan. Moldan ayrilishni istamagan uy egalari "yilning eng pastkash" erkagini yerto‘lada yashayotganini aytib berishgan.
Shunday qilib, o‘z farzandlariga aliment to‘lashni isamagan va buning uchun 2 yil davomida yerto‘lada ham yashashga rozi bo‘lgan erkakni o‘z yaqinlari molga almashtirib yuborishibdi.
Hozirda unga 51 mln so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi sabab 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Manba: www.aniq.uz