Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 757 million dollarga yetdi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Dushanbe shahrida bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida bu haqida ma’lumot berilgan.
Tadbirda kelgusida o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish uchun birgalikda barcha choralarni ko‘rish lozimligi, bunga sanoat kooperasiyasi, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport-logistika sohalarida qator qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.
Xabarga qaraganda, O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish loyihasini amalga oshirish jadallashtiriladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun chegara hududlarida ulgurji tarqatish markazlari yaratiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 20,6 milliard dollarga yetgan.
Manba: www.aniq.uz