softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida aylanma iqtisodiyot amaliyoti targ‘ib qilinadi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida aylanma iqtisodiyot amaliyoti targ‘ib qilinadi

Batafsil o'qish:

Unda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida aylanma iqtisodiyot amaliyotini targ‘ib qilish va to‘qimachilik korxonalari tajribaga ega bo‘lgan 10R aylanma iqtisodiyot tamoyillarining imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda mamlakatimizning to‘qimachilik sohasida erishilgan yutuqlari va galdagi rejalarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, “ANTEJA ECG” xalqaro xizmat ko‘rsatish va konsalting kompaniyasining imkoniyatlariga ham ahamiyat qaratildi.

“ANTEJA ECG” kompaniyasi mutaxassisi Yap Zandbergenning qayd etishicha, ushbu tashkilot inklyuziv, resurslardan tejamkor va ugleroddan xolis bo‘lishga intilayotgan mijozlar uchun tizimli yondashuvlar orqali barqaror yechimlarni amalga oshiradi.

–Evropa, Afrika, Osiyo va Amerikaning 50 mamlakatida 100 dan ortiq tashabbuslarni qamrab olgan keng ko‘lamli loyihamiz bizni "yashil" iqtisodiyotga o‘tishda yetakchiga aylantirdi. Shtutgart, Nayrobi va Boston kabi shaharlarda global ofis tarmog‘imiz barqarorlik bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal qilishda noyob va keng qamrovli yondashuvni taklif qilish imkonini beradi. Biz turli mijozlar, jumladan, Jahon banki guruhi, Xalqaro moliya korporasiyasi, GIZ, Yevropa komissiyasi, USAID, milliy va mintaqaviy hukumatlar va xususiy sektor tashkilotlari bilan ishlab kelmoqdamiz, –dedi uchrashuv chog‘ida u.

O‘z navbatida, muloqot chog‘ida mamlakatimiz korxonalarida aylanma tizimli yondashuvni joriy etish orqali ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha rejalar mavjudligi, GIZning O‘zbekistondagi bu loyihasi tufayli to‘qimachilik korxonalarini jalb qilgan holda bunday yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish mumkinligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniyaning GIZ tashkiloti hamkorligida korxonalarda aylanma tizimli yondashuvni joriy etish orqali ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va samaradorlikni oshirish loyihasi doirasida tashkil etildi.
Manba: www.aniq.uz