softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Markaziy bank: O‘zbekistonda inflyasion kutishlar darajasi pasaydi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Markaziy bank: O‘zbekistonda inflyasion kutishlar darajasi pasaydi

Batafsil o'qish:

Markaziy bank fevral yakunlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Hisobotda kutilayotgan inflyasiya darajasining pasaygani qayd etilgan. Yaqin 12 oy uchun o‘rtacha prognoz 13% ni tashkil qilgan. Median ko‘rsatkich 10,6% gacha kamaygan.

O‘zbekiston Markaziy banki 2025 yil oxiriga qadar inflyasiya bo‘yicha 5%li maqsadga erishishni rejalashtirmoqda.

2024 yilda narxlar o‘sishi biroz tezlashishi mumkin. Yilning yarmiga kelib, yillik inflyasiya 9% ga yetishi, yil yakuniga kelib esa 8-9% oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

Narxlar o‘sishining asosiy sabablarini quyidagilar tashkil qiladi:

Davlat tomonidan nazorat qilinadigan narxlarning (kommunal xizmatlar, energiya tariflari, temir yo‘l chiptalari) oshishi;

Dorilar, tibbiy xizmatlar va kommunal xo‘jalikka nol QQSning bekor qilinishi;
Manba: www.aniq.uz