“Tolibon” Afg‘onistondagi ikkita oltin konini tenderga qo‘ydi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Afg‘onistondagi ikkita oltin koni tenderga qo‘yildi. “Tolibon” Tog‘-kon sanoati vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, arizalar 30 aprelgacha qabul qilinadi.
Ular Badaxshonning Shahri-Buzurg va Qunduzning Qal’ai Zol viloyatlarida joylashgan bo‘lib, birinchisining hududi ikkinchisiga qaraganda 15 baravar katta.
Boshqa bir press-relizda ta’kidlanishicha, ayni paytda Taxar viloyatida – Rustak, Xo‘ja-G‘ar, Kalafg‘on, Hazor-Sumuch va Dashtiqal’a tumanlarida 2 mingdan ortiq kishi oltin qazib olish bilan shug‘ullanayotgan bo‘lib, ularga 80 ga yaqin qazib olishga ruxsatnomalar berilgan.
Ilgari Afg‘onistonda oltin qazib olish noqonuniy tarzda amalga oshirilgan, ammo “Tolibon” davrida bu sohada tekshiruvlar o‘tkazildi, konlar hisobi yuritila boshlandi va tadqiqotlar amalga oshirildi.
Manba: www.aniq.uz