O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Zavqi Zavqizoda 10 mart kuni Dushanbeda muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya majlisiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va investision loyihalarni, jumladan avtomobillar va shinalarni hamkorlikda ishlab chiqarishni muhokama qildilar.
Tojikiston va O‘zbekiston strategik hamkorlar hisoblanadi, 2023 yilda ularning o‘zaro savdo aylanmasi 504,4 mln dollarga yetgan.
Manba: www.aniq.uz