O‘zbekistonda afg‘on tovarlari uchun tranzit bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
“Tolibon”ning sanoat va savdo vaziri O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan savdo va sarmoyani kengaytirish haqida suhbatlashdi.
“Tolibon” hukumati sanoat va savdo vaziri Nuruddin Aziziy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishda tomonlar tranzit savdosi va sarmoyasini kengaytirish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo muammolarini hal etish, Afg‘oniston tranzit yuklari uchun ko‘proq qulayliklar yaratish, O‘zbekistonda afg‘on tovarlari uchun tranzit bojini kamaytirish masalasini muhokama qildi.
Ushbu uchrashuv oxirida yaqin kelajakda ikki davlatning tegishli idoralari mutasaddilarining Mozori Sharif shahrida ikki tomon o‘rtasida savdo va tranzitni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida alohida uchrashuv o‘tkazishi kelishib olindi.
Manba: www.aniq.uz