softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6 foizga oshdi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6 foizga oshdi

Batafsil o'qish:

2023 yil yakunlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6 foizga oshgan va barcha muhim tarmoqlarda o‘sish sur’atiga erishilgan.

MHTI ekspertlarining tahlilicha, sanoat sohasidagi o‘sishning intensivligi 2022 yildagiga nisbatan 0,8 foizga yuqori bo‘ldi. YAIM tarkibida sanoatning ulushi 26,1 foizni tashkil etdi va qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bunda sanoat sohasidagi o‘sishning asosiy drayveri bo‘lgan ishlab chiqarish sanoati tarkibiy o‘zgarishlarning eng yaxshi sur’atini namoyish etdi.

Mazkur tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish 6,7 foiz oshdi. Umuman, sanoat bo‘yicha o‘rtacha o‘sish indeksidan 0,7 foiz yuqori bo‘ldi. Bu esa tarmoqning sanoat tarkibidagi ulushini 84,4 foizgacha oshirish imkonini berdi.

Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi o‘sishning yarmidan ortig‘i (53,4 foiz) mashinasozlik mahsulotlari (107,4 foiz), to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechaklar (107,2 foiz), salqin ichimliklar va tamaki mahsulotlari (105,9 foiz)ni ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobiga ta’minlandi.

Hududlar reytingida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmida iste’mol tovarlarining eng katta ulushi Andijon viloyati, Toshkent shahri, Toshkent viloyatida qayd etildi. Boshqa hududlarda iste’mol tovarlarini ishlab chaqarishda katta zaxiralar saqlanib qolmoqda, deyiladi MHTI tahlilida.
Manba: www.aniq.uz