Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Janubiy Koreyaning Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatiga keldi.
Foto: "Dunyo" AA
Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona xalqaro aeroportida Janubiy Koreya vakillarini viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldi.
Kun tartibiga ko‘ra, kutib olish marosimidan so‘ng viloyat hokimi Xayrulla Bozorov mehmonlarni qabul qildi va o‘zaro hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Farg‘ona politexnika institutida Ulsan shahri meri Kim Du Gyomga faxriy professor unvonini topshirish marosimi va talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkizildi.
Farg‘ona shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivi – Ekoshahar hamda Quvasoy shahridagi "Bunyodkor" yoshlar taraqqiyot sanoat zonasi faoliyati mehmonlarga tanishtirildi.
Yakunda eng muhim tadbir Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)da Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.