softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi

Batafsil o'qish:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya taraqqiyot banki o‘rtasida «Mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish» loyihasining III fazasi doirasida 23,5 mln yevro kredit va 3 mln yevro grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha bitim imzolandi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 17 aprel kuni Germaniya taraqqiyot bankining (KfW) Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqaruvchisi Yonas Ratfelder boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IMV axborot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida tomonlar kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratishda hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muhokamalar olib borgan.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish jarayonlari, qishloq xo‘jaligi va hududlarni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kapital va moliya bozorlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashgan.

Shu bilan birga, Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida «Mikro, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish» loyihasining III-fazasi yuzasidan 23,5 mln yevro kredit va 3 mln yevro grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha bitim imzolangan.