Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Vazirlar Mahkamasi o‘tgan yili qaror chiqarib, 7 xil tovarlar, xususan bolalar uchun tagliklarni “xavf darajasi yuqori” deb tasniflagan va ularga nisbatan majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish talabini kiritgan edi. Buning ortidan tagliklar importi keskin qisqarib, ayrim mahsulotlarni do‘konlardan topib bo‘lmay qoldi. Davlat rahbari 15 noyabrdan amal qila boshlagan tartibni bekor qilishga topshiriq berdi.
Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 18 aprel kungi selektorda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Xavf darajasi yuqori” mahsulotlar deganda, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil avgustdagi qarorida (hujjat 15 noyabrdan kuchga kirgan) sanab o‘tilgan quyidagi 7 xil tovarlar tushuniladi:
Qaror bilan, bu tovarlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilangan edi.
Bu tartib fonida, bolalar uchun tagliklar importi qisqargan, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim turdagi tagliklar do‘konlarda qolmagani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.
Kun.uz suhbatlashgan tadbirkor buni “byurokratiya va sun’iy to‘siqlar bilan raqobatni cheklash” deb atagandi. Texnik tartibga solish agentligi esa tagliklarni tekshirish bilan nechta sertifikatlash markazi shug‘ullanayotganidan bexabarligini bildirgan.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida ayollar va bolalar uchun gigiyenik prokladka va tagliklar importi 5796 tonnani tashkil etgan. Bu – 2024 yilning mos davri (3385 tonna) bilan taqqoslaganda, 2411 tonnaga yoki 1,7 barobarga kam.
Amaliyot qaysi sanadan e’tiboran rasman to‘xtatilishi ma’lum emas.