O‘zbekistonda elektr golf karalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
O‘zbekistonda yana bir yangi turdagi elektrotexnika mahsuloti – elektr golf karalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtomobilsozlikda muhim bo‘lgan ushbu mahsulot shu paytga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi mas’ul xodimlari ushbu loyihani amaliyotga tadbiq etayotgan “Global OS” korxonasiga tashrif buyurdi.
Mas’ullar tomonidan korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarlik holati, istiqbolli rejalar o‘rganildi. Korxona mutasaddilari bilan kooperasiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Xususan, ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan butlovchi qismlarni mahalliy korxonalardan xarid qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Korxona to‘laqonli ishga tushish jarayoniga joriy yilning mart-aprel oylarida start berilishi rejalashtirilmoqda.
Boshlang‘ich qiymati $ 1 mln dollar bo‘lgan loyiha ishga tushishi natijasida elektr golf karalarning old peshona oynalari, bamperlari, old va orqa kuzov qismlari, shassi himoya qopqog‘i, o‘rindiqlari kabi ko‘plab qismlarni ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.
Manba: www.aniq.uz