Tojikiston bilan sanoat tarmoqlari hamkorligi kuchaytiriladi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Joriy yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida loyihalarni amalga oshirishning borishi hamda savdo-iqtisodiy va investisiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Oliy va yuqori darajada, jumladan, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga doir qator masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi, yangi investisiya tashabbuslari bo‘yicha yagona yondashuvlar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro rejalarni muvofiqlashtirish, takliflar ishlab chiqish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish maqsadida ikki mamlakat sanoat tarmoqlaridagi ishchi guruhlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Manba: www.aniq.uz