Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
O‘zbekistonga samolyotda kelayotgan jismoniy shaxslar hozirda 2000 dollargacha, poyezdda kelayotganlar esa 1000 dollargacha qiymatdagi tovarlarni bojsiz olib kirish huquqiga ega. Hukumat qarori bilan, 1 maydan boshlab bu limit mos ravishda 1000 dollar va 500 dollargacha pasaytiriladigan bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston hukumati samolyot va poyezdda kelayotgan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini pasaytirdi.
Bosh vazir tomonidan bugun, 19 aprel kuni imzolangan qarorga asosan, bojsiz tovar olib kirish normalari 2025 yil 1 maydan e’tiboran quyidagicha belgilanadi:
Belgilanishicha, temiryo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda 2 kundan kam muddat bo‘lganda, havo transportida esa 3 kundan kam muddat bo‘lganda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi. Bunda ushbu tovarlarga bojsiz olib kirish normasidan ortiq deb qaraladi va tovarlarning to‘liq qiymatidan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.