softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Yashil» vodorod va sian tuzlari korxonalari ishga tushiriladi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

«Yashil» vodorod va sian tuzlari korxonalari ishga tushiriladi

Batafsil o'qish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taqdimotda mutasaddilar bu yilgi ishlar va rejalar to‘g‘risida hisobot berdi. Qayd etilganidek, joriy yil birinchi chorakda tarmoqda 181 million dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan, 39 million dollarlik 3 ta loyiha ishga tushirilgan. Endi ikkinchi chorakda 170 million dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish hisobidan «yashil» vodorod va sian tuzlari korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Raqamlashtirish jarayoni davom ettirilib, tarmoqning hamkor sohalar bilan integratsiyasi kengaytiriladi. Kimyo zavodlarining yagona g‘aznachilik tizimida qo‘shimcha modullar ochiladi. «Yagona raqamli platforma» yakuniga yetkazilib, korxonalarning 15 ta iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettiriladi.

Yana bir muhim vazifa – energiya samaradorlik. Energiyani tejash hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish orqali tannarxni kamaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Sohada hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Jadal rivojlanayotgan ichki bozorda mahsulotlarga talab ortayapti. Jahon bozoridagi nobarqaror sharoit ham yangi vazifalar qo‘ymoqda.

Shu bois tarmoqni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymatni oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Mutasaddilarga hozirgi zamon talablari va kelgusi iqtisodiy prognozlar asosida kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida ahamiyat qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.