softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL kabi korxonalardagi davlat ulushi sotiladi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL kabi korxonalardagi davlat ulushi sotiladi

Batafsil o'qish:

«Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: uzgtl.com

Qarorga ko‘ra, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

- davlat ishtirokidagi 29 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish;

- davlat ishtirokidagi 12 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish.

2025 yil 1 iyulgacha Energetika vazirligining yoqilg‘i yetkazib berishning eng kam miqdori bo‘yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini e’lon qiladi.

Bundan tashqari, 2025 yil 1 dekabrga qadar 2030 yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi ta’minlanadi.

Davlat ulushi xalqaro va mahalliy bozorda ommaviy savdolarga chiqariladigan korxonalar orasida UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL, O‘zbekinvest, O‘zagrosug‘urta, issiqlik elektr stansiyalari, O‘zagrolizing, Toshkent traktor zavodi va boshqalar bor.