softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Boshqirdiston bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldyayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, hududlararo muloqotni kengaytirish, shuningdek, stanoklar ishlab chiqarish, yengil sanoat, kadrlar va texnologiyalar almashinuvi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston hududlari va Boshqirdiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini, xususan, 2024 yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo 11,8 foizga o‘sganligini qayd etib, Boshqirdistonga meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda boshqird kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etish rejalari muhokama qilindi. Boshqird tomoni mamlakatda savdo uyi ochishga ham katta qiziqish bildirdi.