softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston YAIM o‘sishi o‘tgan yilda 6,0 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekiston YAIM o‘sishi o‘tgan yilda 6,0 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi

Batafsil o'qish:

Unda yalpi ichki mahsulot, sanoat, investisiyalar, iste’mol xarajatlari, inflyasiya, foiz stavkalari, kreditlash, ichki va tashqi savdo, davlat byudjeti xarajatlari va daromadlari, siklik moslashtirilgan byudjet balansi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilingan.

Sharh milliy iqtisodiyot rivojlanishining holati va asosiy tendensiyalarining monitoringi, shu jumladan, qisqa muddatli iqtisodiy istiqbollarini shakllantiruvchi pul-kredit va fiskal sohalardagi davlat siyosati masalalarini qamrab oladi.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston YAIM o‘sishi o‘tgan yilda 6,0 foizni tashkil qildi. O‘sish drayveri sifatida investisiyalar 22,1foizga o‘sib, 30 mlrd dollarga yetdi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar 56,2 foizga o‘sib, 14,2 mlrd dollarni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YAIM ga nisbatan tashqi savdo balansining manfiy saldosi 15,1foizni va konsolidasiyalashgan byudjet defisiti 5,5 foizni tashkil qildi.

Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilda iqtisodiy o‘sish 5,8 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bunda aholi iste’moli va investisiyalar o‘sishi mos ravishda 4,8 va 7,6 foizni tashkil etadi.

Sharhnning asosiy xulosalarida qayd etilishicha, investisiyalar o‘sishining tezlashishi 2023 yildagi iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri bo‘ldi. Xususan, 2023 yilda jami 352,1 trln so‘m (30 mlrd doll) investisiyalar amalga oshirilgan bo‘lib, real hisobda 22,1 foizga o‘sdi.
Manba: www.aniq.uz