softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

Batafsil o'qish:

O‘zbekistondagi «rassrochka» bozorini nazorat qilishni boshlash rejalashtirilyapti. Markaziy bank raisi Timur Ishmetovga ko‘ra, regulyator asosiy e’tiborni «tartibga solinmaydigan, ammo ma’lum bir xatarlarni keltirib chiqaruvchi» bozorlarga qaratadi. Ulardan biri BNPL bo‘lib, u hozirda sezilarli hajmga yetgan.

Timur Ishmetov / Foto: Markaziy bank

Joriy yilning 2 may kuni Markaziy bankda Xalqaro valuta jamg‘armasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashgan MB raisi Timur Ishmetovga ko‘ra, O‘zbekistonda muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Regulyator rahbarining ta’kidlashicha, Markaziy bank asosiy e’tiborni «tartibga solinmaydigan, ammo ma’lum bir xatarlarni keltirib chiqaruvchi» yangi rivojlanayotgan bozorlarga qaratadi. Ulardan biri BNPL («Buy now pay later» – «Hozir xarid qil, keyin to‘la») bo‘lib, u ayni paytda sezilarli hajmga yetgan.

«Biz allaqachon bozor o‘yinchilari bilan bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazganmiz va banklar tomonidan aholining qarz yukida bo‘lib-bo‘lib to‘lashni hisobga olish va mijozlarning yetarli darajada himoyasini ta’minlash uchun ushbu sohani tartibga solishni joriy etishni rejalashtirayotganimizni aytganmiz», — deydi Markaziy bank raisi.

Avvalroq, MB bo‘lib to‘lash bozorini tartibga solish imkoniyatini o‘rganayotgani xabar qilingandi.