Pokiston O‘zbekistonda tibbiyot sohasida loyihani amalga oshirish imkonini o‘rganmoqda
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Elchixona ko‘magiga GAK Healthcare International kompaniyasi ijrochi direktori Yasir Niyazi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Muloqot davomida O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot yo‘nalishida ta’lim va davolash muassasasini tashkil etish bo‘yicha pokistonlik tadbirkor tomonidan ilgari surilgan loyiha yuzasidan fikr almashildi.
Loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, huquqiy tartib-taomillar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini bildirdi va kelgusida loyiha yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.