softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

Batafsil o'qish:

Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi "O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazadi" sarlavhali maqolani e’lon qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nashrda ma’lum qilinganidek, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

"Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi, – deyilgan maqolada. – Unda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi".

Shuningdek, o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida, jumladan, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Xabar qilinishicha, Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi, Hududlar forumi majlislari, madaniyat kunlari, ko‘rgazmalar va hokazolar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,1 milliard dollarni tashkil etdi.

"Ikki mamlakat poytaxtlarida savdo uylari tashkil etilib, yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bundan tashqari, hamkorlikda "Shovot-Toshhovuz" chegara savdo zonasi tashkil etilmoqda", – deb yozgan "Kazinform".