softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida 23 ta yangi loyihani amalga oshiriladi. 

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berishicha, Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 58 yillik yig‘ilishida 2025–2026 yillar uchun umumiy qiymati 3,6 milliard dollar bo‘lgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturi imzolandi.

Loyihalar ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, transport va moliyaviy-texnik yordam sohalari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Tashrifning asosiy natijasi — 2025–2026 yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi raisi vakolati O‘zbekistonga o‘tishi haqida rasmiy e’lon qilinishi bo‘ldi. Tadbirda qatnashgan Jamshid Xo‘jayev kengash raisi sifatida tasdiqlandi.