Kuvayt bilan neft-kimyo sohasida 850 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
O‘zbekistonning Isroil, Hindiston, Qatar, Belarus va Kuvaytdagi elchilari Jahongir Aminov, Sardor Rustamboyev, Ashraf Xo‘jayev, Rahmatullo Nazarov va Ayubxon Yunusov ishchi tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.
Foto: "Dunyo" AA
Tashrif davomida Qashqadaryo viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyati o‘rganildi, viloyat mutasaddilari bilan hududga xorijiy investorlarni taklif qilish, istiqbolli yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarga xorijdan sheriklarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston diplomatlari Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov bilan uchrashdilar. Viloyat rahbari xorijiy davlatlar, bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish uchun mavjud imkoniyatlar, infratuzilma va logistika sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Qashqadaryo viloyatida Belarus bilan oyoq kiyimlar, sharbatlar, tayyor kiyim-kechak, sut mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Hindiston bilan farmatsevtika, nanotexnologiyalar va elita urug‘chilik bo‘yicha hamkorlik kengayyapti. Kuvayt kompaniyalari bilan neft-kimyo sohasida umumiy qiymati 850 million dollarlik ishlab chiqarish loyihalari ko‘zda tutilgan.
Isroil bilan farmatsevtika, IT va "aqlli" qishloq xo‘jaligi, Qatar bilan esa baliqchilik, sahro turizmi va chorvachilik yo‘nalishlarida hamkorlik rejalashtirilgan.
Tomonlar Qashqadaryo viloyati va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ta’lim, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi istiqbolli dasturlarni amalga oshirish istiqbollari xususida fikr almashdilar.