softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi

Batafsil o'qish:

Xususiy aviakompaniyalar ham ichki reyslar uchun aviachipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya oladigan bo‘ldi. Subsidiyalash muddati uzaytirilmadi: vaqtinchalik tartib yil oxirigacha amal qiladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga Uzbekistan Airways uchun belgilangan maxsus tariflar va subsidiya miqdorlari barcha rezident aviakompaniyalarga tatbiq etiladigan bo‘ldi.

7 may kuni bu haqda hukumat qarori imzolangan.

Aviareyslarni subsidiyalash 2021 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, aviatashuvchilarga ijtimoiy ahamiyatga ega deb topilgan mahalliy yo‘nalishlarda aviachipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish belgilangan.

Subsidiyalash masalalarida vakolatga ega Maxsus komissiya tashkil etilgan.

Subsidiyalash 2026 yil 1 yanvargacha davom etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 may kungi yig‘ilishda mahalliy reyslarning 95 foizi UzAirways va Silk Avia aviakompaniyalariga to‘g‘ri kelayotgani, qolgan 14 ta reysni 4 ta mahalliy aviakompaniya amalga oshirayotganini aytgandi. Ichki reyslarni subsidiyalash bilan barcha rezident kompaniyalar qamrab olinishi o‘sha yig‘ilishda ma’lum qilingandi.

2025 yilgi davlat budjetida, aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qoplash uchun subsidiyalarga 63,7 mlrd so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatlashgan.