softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti

Batafsil o'qish:

Aprel oyida O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflatsiya 14,4 foizni tashkil etdi. Markaziy bank so‘rovnomasida qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda elektr va tabiiy gaz narxlari yuqori darajada o‘sganini ta’kidlagan. Oy davomida o‘simlik yog‘i, dorilar, qurilish mollari, kafe-restoran xizmatlari, tibbiy xizmatlar narxlarida o‘sishni sezganlar ulushi ham ko‘paygan. 

Foto: Getty Images

Markaziy bank aprel oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasiga oid so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 14,4 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri (18,2 foiz) va Andijon viloyatida (16,4 foiz), eng past darajasi esa Navoiy viloyati (12,8 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (12,4 foiz) sezilgan.

So‘rovnomada qatnashganlarning katta qismi go‘sht va sut hamda elektr va tabiiy gaz narxi yuqori darajada o‘sganini ta’kidlagan.

Shuningdek, oy davomida benzin va yoqilg‘i, meva-sabzavotlar, o‘simlik yog‘i, dorilar, qurilish mollari, kafe-restoran xizmatlari, tibbiy xizmatlar, ijara haqi, ta’lim xizmatlari, shakar va qandolat, ta’mirlash, maishiy xizmatlar narxlarida yuqori darajada o‘sishni sezganlar ulushi ko‘paygan.

Daromadga ega bo‘lmaganlar va daromadlari 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllangan. Xususan, 15 mln so‘mdan ko‘p daromad egalari sezgan inflatsiya 19,6 foizni tashkil qilgan.

Avvalroq aprel oyida iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,1 foizni tashkil etgani xabar qilingandi. O‘tgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya o‘rtasidagi farq 4,3 foiz bo‘lgan.