softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari Britaniyaga yetkaziladi

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari Britaniyaga yetkaziladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya parrandachilik kengashi ijrochi direktori Richard Griffits bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda, shuningdek, naslli parranda yetishtirish bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or kompaniyalardan biri – Aviagen Group'ning Britaniya ofisi rahbari Bleyk Uilyamson onlayn tarzda ishtirok etdi.

Richard Griffitsning ta’kidlashicha, kengashga a’zo kompaniyalar Britaniyada parranda go‘shti ishlab chiqarishning 2/3 qismini qoplaydi. Ular mazkur yo‘nalishdagi butun oziq-ovqat zanjirini qamrab olgan: naslchilik, inkubatsiya, parvarish, so‘yish, qayta ishlash va qadoqlash. Sohada 35 mingdan ortiq ish o‘rni mavjud. Britaniya kompaniyalari ayniqsa zotdor, nasl olinadigan tovuqlar yetishtirishda va dunyo bo‘ylab yetkazib berishda yetakchi hisoblanadi.

Muzokaralar chog‘ida Britaniya bozoriga O‘zbekistondan parrandachilik mahsulotlarini yetkazish, mamlakatga zotdor parrandalar importini yengillashtirish, sertifikatlash tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Sohadagi ilg‘or tajriba va "nou-xau"lar bilan yaqindan tanishish maqsadida Britaniyadagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.