Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news

Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Beeline'ning 10 dan ortiq tarif rejalarida oylik abonent to‘lovi uchun hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, avtomatik ravishda kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Abonent buni rad eta olmaydi. Agar hisobda 1900 so‘m bo‘lsa, 2000 so‘m kunlik to‘lov yechilishi natijasida hisob minusga kirib (–100 so‘m), raqam bloklanadi, ya’ni ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olinadi. Raqobat qo‘mitasi bunga chek qo‘yishni buyurdi.
Foto: Beeline
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Beeline mobil aloqa operatoriga oylik va kunlik abonent to‘lovi yechish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaga 2024 yilda kelib tushgan murojaatlarning 8,2 foizi va joriy yilning dastlabki 4 oyi davomidagi 8,9 foizi telekommunikatsiya xizmatlari sohasiga to‘g‘ri keladi. Bularning ko‘p qismi Beeline mobil aloqa xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy shikoyatlar tarif narxlari oshishi, qo‘shimcha xizmat va pullik kontent xizmatlarga ulanishi, hisob-kitoblardagi muammolar, xizmat sifati va boshqa masalalarga taalluqlidir.
Mazkur murojaatlarda, oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmagan holda, abonentlarning roziligisiz avtomatik tarzda kunlik tarif rejasiga ulanishi, kunlik to‘lov yechib olinganidan so‘ng trafikdan foydalanish imkoniyati berilmayotgani hamda boshqa noqulayliklar mavjudligi bildirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, kunlik abonent to‘lovi “Yana”, “Hammasi ZO‘R”, “Multi Kuch” hamda yana 10 ga yaqin tariflarda quyidagi shartlar amal qiladi:
Shuningdek, amaldagi (faqat yangi ulanishlar uchun) “Standart”, “Yashin”, “Aniq”, “Erkin” va “Start” tarif rejalarida ham abonent balansida bir oylik abonent to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, unda bir kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Kunlik tarif rejasini ixtiyoriy ravishda yoqish yoki o‘chirish, xizmatni rad qilish imkoniyati iste’molchida mavjud emas.
Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, mazkur kunlik tarif rejasining qo‘llanilishi iste’molchilar huquqlari kamsitilishiga va bir qator qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga olib kelmoqda. Xususan:
Yuqoridagilarga asosan, iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish maqsadida ayrim tarif rejalarining oylik va kunlik abonent to‘lovini yechish shartlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan qo‘mita tomonidan “Unitel” MChJga ko‘rsatma xati yuborildi.
Xatda quyidagilar buyurilgan:
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organi o‘z bayonotida iste’molchilarga murojaat qilgan:
“Hurmatli iste’molchilar!
Telekommunikatsiya sohasida amaldagi xizmatlarning sifati, foydalanish imkoniyatlari va hisob-kitoblar borasida iste’molchilarning qonuniy huquqlari buzilishi holatlari sodir bo‘lganda Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.
Unutmang, Sizning huquqlaringiz qonun himoyasida!”